Nikolas Gonsales: «Men jamoaga yordam berish uchun «Yuventus»ga o‘tdim»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 23:55
«Fiorentina»da ancha salmoqli faoliyat olib borgan argentinalik hujumkor yarim himoyachi Niko Gonsales joriy mavsumdan Turinga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor.

«Yuventus» safida «A» Seriyada hali ishlari yurishmayotgan bo‘lsa-da, Yevropa Chempionlar Ligasida debyut golini urishga ulgurdi («Yuventus» - PSV - 3:1). Yaqinda uning «keksa sinyora» futbolchisi bo‘lgani munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumani tashkil etildi.

- Ilk golingizdan ke­yingi his-tuyg‘ular qanday?

- Men baxtliman. Men bu libosda gol urishni orzu qilardim. Bundan tashqari, o‘yinda g‘alaba qozonish uchun to‘g‘ri vaqt bo‘ldi. Men juda xursandman.

- Tyago Motta sizdan nimani xohlamoqda?

- Biz nima qilishni bilamiz: erkin o‘ynash, mas’uliyatni o‘z zimmamizga olish. Bu to‘g‘ri natijaga olib keladi va shuning uchun biz g‘alaba qozondik. Biz mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishni xohlaymiz. Murabbiy ham bizdan aynan shu narsani so‘raydi.
- Mashg‘ulotlarda markaziy hujumchi rolini ham sinab ko‘ryapsizmi?
- Ish har kuni amalga oshiriladi. Kimdir o‘ng, kimdir chap tomonda, yana kimdir markazda o‘ynaydi. Bizda ajoyib o‘yinchilar bor. Biz har kuni qattiq ishlayapmiz - bu jamoamizning g‘oyasidir.
- Maydonning qaysi pozisiyasida o‘zingizni qulay his qilasiz? Va kumiringiz kim?
- U Di Mariya. Men uchun u maydonda ham, uning tashqarisida ham namunadir. U bilan terma jamoada tanishdim va ilk kundanoq men bilan oddiy, samimiy yigit kabi muomalada bo‘ldi, garchi o‘zini takabbur tutishi mumkin edi. Pozisiyaga kelsak, men shunchaki maydonga tushganimdan xursandman. Agar kerak bo‘lsa, darvozada o‘ynashga ham tayyorman, hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati