Irlandiya Isroilga doir ishga aralashadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 05:52
TIV bunday faollikni izohlarkan, genosid sodir etilganmi yoki yo‘qligini hal qilish Xalqaro sud zimmasida bo‘lsa-da, G‘azodagi halokatni ochiqdan-ochiq gapirishini aytdi.

– Asirlarni garovga olish, insonparvarlik yordamini atay to‘xtatib turish, aholi va fuqarolik infratuzilmasini nishonga olish, aholi manzillarida portlovchi uskunalardan tartibsiz foydalanish, fuqarolik obektlaridan harbiy maqsadda foydalanish insonlarni ommaviy jazolashdir, – deyilgan bayonotda. Shuningdek, vaziyat bundan battar bo‘lmasligi ham qo‘shimcha qilingan.

Vazir BMT Bosh kotibining Rafoh shahriga tashrifi chog‘ida G‘azoga kirishni kutayotgan uzun yuk mashinalari navbati haqida gapirib, ushbu shaharni qutqarish vaqti kelganini urg‘ulagan.

Yanvar oyida Xalqaro sud Isroilga Genosid konvensiyasida taqiqlangan har qanday hatti-harakatdan saqlanishni, Janubiy Afrika arizasidan keyin falastinliklarga qarshi genosid harakati sodir etmaslikni tayinlagandi. Afsuski, bombardimon va qamal davom etmoqda.

Isroil begunoh aholini nishonga olgani uchun tanqid qilinmoqda, xolos. Amaliyotda biror jarayon kechmayapti. Qurbonlarning 80 foizdan ko‘pi ayollar va bolalar. Oktyabrdan buyon kamida 32 490 falastinlik halok bo‘ldi.

Shu hafta BMT Xavfsizlik Kengashi nihoyat zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, XAMAS tomonidan ushlab turilgan asirlarni ozod qilishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi. Isroil va G‘arbdagi ittifoqchilar falastinliklarga qarshi genosid da’vosi asossiz ekanini bildirishmoqda. Xalqaro sudning yakuniy qaroriga esa yillar ketishi mumkin.
Martin Irlandiyaning aralashuvi qanday shaklda kechishi mumkinligini aytmagan. Mamlakat bir necha sherik, jumladan Janubiy Afrika bilan maslahatlashuvdan keyin shunday qarorga kelgan. To‘g‘ri, uchinchi tomonning aralashuvi nizoda o‘ziga xos tarafkashlikni belgilamaydi, ammo Genosid konvensiyasining bir necha qoidasini ilgari surish uchun imkoniyat bo‘ladi.
Isroil aholi orasida qurbonlarning oldini olish uchun chora-tadbirlar amalga oshirayotganini iddao qilish bilan qutuladi. Netanyaxu fikricha, ular urush “odob”iga rioya qilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati