APL. MYU to‘qqizta o‘yinda atigi uchta g‘alabaga erishdi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-09-2024, 22:49
Erik ten Xag shogirdlari bugun APL 6-turida “Tottenxem”ga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi – 0:3. "Mankunianliklar" oxirgi marta 17-sentyabr kuni Liga kubogida "Barnsli"ga qarshi o‘yinda (7:0) g‘alaba qozonishgandi. Keyin ikki bor durang o‘ynab, bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Klub joriy mavsumda atigi to‘qqizta o‘yinda uchta g‘alabaga erishdi.
3 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” Yevropa ligasi doirasida “Portu” mehmoni bo‘ladi.