MMA. Maxachev bu yil boshqa jang o‘tkazmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 20:28
Chempionning jamoadoshi Xabib Nurmagomedovning xabar berishicha, Islam bu yil hisobidan boshqa himoya jangini o‘tkazmaydi. 

"UFC juda tez o‘sib, rivojlanib borayotgan sport turi hisoblanadi. Bu Ligada tez-tez yangi nomlar, kashfiyotlarga guvoh bo‘lyapmiz. Chorlovlar yetarlicha. Kamar uchun yangi da’vogarlar ham bisyor. Islam uchun har doim munosib raqiblar bo‘lgan. U hozir nafaqat o‘z vazni chempioni, balki vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli jangchisi ham bo‘lib turibdi. Ha, aynan hozir u eng kuchlisi! 

UFC bizga yanvar oyida jang o‘tkazish taklifini berdi. Biz uni qabul qildik. Tez orada  UFC bu jangni rasman e’lon qiladi. Islamning qachon va kimga qarshi oktagonga chiqishini tez kunlarda bilib olasiz. Men bu ma’lumotni hozir ayta olmayman. Bunga haqqim yo‘q", — dedi Xabib.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati