Barsa Nike bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 20:26
"Barselona" Nike bilan hamkorlikni davom ettirish borasida kelishuvga erishdi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, klub brend bilan yangi homiylik shartnomasini e’lon qilishga yaqin turibdi. Bitim 19 oktabr kuni delegatlar majlisidan keyin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan rasmiy imzolash marosimida muhrlanadi.

Qayd etilishicha, yangi shartnoma bo‘yicha daromadlar 2024-2025 yillar uchun byudjetda ko‘zda tutilgan bo‘lib, klub direktorlar kengashi shu dushanba kuni navbatdan tashqari yig‘ilishida uni tasdiqlaydi.

Kataloniyaliklarning Nike bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilda tugaydi va u uzaytiriladi va yillik to‘lovlarning yangi miqdori 100 million yevrodan sezilarli darajada oshadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati