Dushmanlar Gruziyani «xaritadan o‘chirib tashlamoqchi»

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 16:24
Gruziyaga «dushman» bo‘lgan tashqi kuchlar muxolifat partiyalar va ommaviy axborot vositalari yordamida Gruziyani «xaritadan o‘chirib tashlamoqchi, deydi hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi asoschisi Bidzina Ivanishvili.

«Mamlakatimizga dushman kuchlar mahalliy agentlar qo‘li orqali Gruziyani xaritadan o‘chirib tashlamoqchi. Ular asrlar davomida hech bir bosqinchi qila olmagan narsaga hozirlik ko‘rishmoqda», — dedi Ivanishvili Telavi shahrida hukmron partiyaning saylovoldi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

Ivanishviliga ko‘ra, sobiq prezident Mixail Saakashvili asos solgan «Birlashgan milliy harakat» partiyasi va uning atrofida to‘plangan siyosiy, nodavlat va ommaviy axborot vositalari «tashqi kuchlar manfaatlarini ko‘zlab, Gruziyani urush dahshatlariga tortishga harakat qilmoqda».








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati