Rodri Arsenal bilan o‘yin ahamiyati haqida fikr bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 05:18
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Londonning "Arsenal" jamoasi bilan bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yakshanba kuni "shaharliklar" o‘z uyida "kanonirlar"ni qabul qilishadi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 20:30da yangraydi. Hozirda londonliklar APL turnir jadvalida 64 ochko bilan peshqadam bo‘lib, chempionat yakunlanishiga 10 tur qolganida “Liverpul” (to‘plar nisbati bo‘yicha) va “Siti”ni (63) ortda qoldirmoqda.

"Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alaba biz uchun ishonch nuqtai nazaridan juda muhim bo‘ladi, ammo bu hal qiluvchi bo‘lmaydi. Agar g‘alaba qozonsak, raqibimizga yana shu yerda ekanligimizni ko‘rsatamiz, ammo biz uchun qolgan barcha o‘yinlar final bo‘ladi.

Bu ligada chempion bo‘lish uchun 90 yoki 100 ball to‘plash kerak. Biz deyarli har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak va biz buni “Arsenal”dan boshlashimiz kerak”, — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi City Xtra.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati