Moryentes: Antirasizmni ommalashtirish ajoyib

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 13:49
Fernando Moryentes futboldagi irqchilik haqida gapirdi.

"Hozirgi davrda irqchilikka qarshi kurash uchun vositalar yaratilmoqda. Hozir men La Liganing elchisiman va “La Liga irqchilikka qarshi” degan ajoyib loyiha bor, chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Endi biz ushbu turdagi vaziyatlarga ko‘proq e’tibor beramiz.

Mening vaqtimda bu oddiy narsadek tuyulardi, lekin unday emas. Bir paytlar Vinisius buni ommaga e’lon qila boshladi.

Terining rangi uchun uni hech kim haqorat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Menimcha, u buni juda jiddiy qabul qiladi va shunday bo‘lishi kerak ham.

Menimcha, antirasizmni ommalashtirish ajoyib. Hozir Vinisius jamoatchilik e’tiborini ushbu muammoga qaratmoqda", – dedi Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Fernando Moryentes.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati