Arteta: Jamoaning munosabatidan juda mamnunman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 13:03
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Lester"ga qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.London klubi Premyer-liganing 6-turida 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

“Men juda xursandman, o‘yindan, jamoaning munosabatidan va butun o‘yin davomida ustunlik qilganimizdan juda mamnunman.

Kutilmagan tarzda ikkita gol o‘tkazib yuborilganidan so‘ng vaziyat o‘ta og‘irlashgandi, ayniqsa, jamoaning qanday javob qaytargani meni quvontirdi.

Biz, jumladan, tomoshabinlar ham aql bovar qilmaydigan hissiy nazoratni, doimo qilayotgan ishimizga kuchli ishonchni va oxir-oqibatda g‘alaba qozonish yo‘lini topish uchun jasoratni namoyon qildik", dedi Arteta.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati