«Paxtakor»ning Eron klublari bilan o‘yinlari statistikasi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-09-2024, 11:39
Hozirga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to‘qnash kelingan. Eronliklarga qarshi bellashuvlarda «Sherlar» ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 25 bellashuvning 14tasida «Paxtakor» zafar quchgan. To‘rt o‘yinda durang qayd etilib, raqiblar 7 bor g‘alaba qozongan. Raqib darvozasiga 35 to‘p kiritilib, 27 gol o‘tkazib yuborilgan. Toshkentda 10 uchrashuvning barchasida «Sherlar» ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 18 gol urilib, 4 to‘p o‘tkazib yuborilgan.
Eron jamoalariga qarshi o‘yinlardagi natijalar:
«Zobaxan» - 2:0, 0:1«Naft» - 2:1, 1:1«Saba» - 2:1, 2:0«Sepaxon» - 2:1, 0:2, 1:3, 1:2«Traktorsozi» - 1:0, 0:2, 3:3, 0:0«Fulad» - 2:0, 3:1«Istiqlol» - 2:1, 2:4, 2:1«Persepolis» - 1:0, 1:1, 1:0, 0:2«Shahr Xodro» - 3:0, 1:0