Ten Xag: Maynu mashhurlik yukiga yaxshi dosh beryapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 05:08
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning fikricha, kutilmagan mashhurlik hali 18 yoshli Kobbi Maynuga zarar yetkazmagan.

Yarim himoyachi muntazam ravishda turli mutaxassislar, sobiq futbolchilar va murabbiylar tomonidan o‘z faoliyati uchun maqtovga sazovor bo‘lmoqda. Vunderkind yaqinda Angliya terma jamoasida debyut qildi.

“Hozircha Kobbi o‘zi atrofidagi shov-shuvlarga juda yaxshi dosh berayapti. Albatta, biz murabbiylar u bir kun kelib chegarani kesib o‘tsa, aralashishimizga to‘g‘ri keladi, ammo hozircha bunga hojat yo‘q. Maynu ajoyib yigit va u futbol o‘ynashni xohlaydi", - dedi Ten Xag shanba kungi "Brentford"ga qarshi o‘yin oldidan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati