Blinken: Xitoy Putinning urush mashinasini yonilg‘i bilan ta’minlayapti
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-09-2024, 11:17
"Pekin, bir tomondan, tinchlik va mojaroga chek qo‘yishni xohlayotganini aytsada, boshqa tomondan, o‘z kompaniyalariga Putinning tajovuzkorligini davom ettirishga yordam beradigan harakatlarni amalga oshirishga ruxsat bergan, bu ikki harakat bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti", dedi Blinken.
Shu bilan birga, Davlat kotibi Vashington Rossiya-Xitoy munosabatlariga aralashish niyatida emasligini ta’kidladi, lekin Rossiya Federasiyasi va XXR o‘rtasidagi bunday hamkorlikni "muammo" deb atadi. Vang I, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar "bloklararo qarama-qarshilik"ga yo‘l qo‘ymaslik uchun "Xitoyga tuhmat qilishni va sanksiyalarni qo‘llashni to‘xtatishi" kerakligini aytdi.