Mareska: To‘pga ko‘proq egalik qilishni afzal ko‘raman!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 10:46
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska "Brayton"ga qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.London klubi Premyer-liganing 6-turida Koul Palmerning pokeri evaziga 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

“Bu yaxshi o‘yin bo‘ldi. Balki ba’zi paytlarda qiynalgandirmiz, lekin menimcha, jamoa bunday o‘yinni o‘rganishi kerak edi.

Men to‘pga ko‘proq egalik qilishni afzal ko‘raman! Lekin o‘yin boshida biroz qiynaldik, to‘pni raqiblarga berdik, chunki ular bizni taktik jihatdan biroz hayratda qoldirdi, lekin umuman olganda biz yaxshi edik.

Men Koul Palmerni ko‘p yillardan beri bilaman, u men uchun "Manchester Siti U-23"da o‘ynagan. Eng yaxshi tomoni shundaki, u shaxs sifatida o‘zgarmagan.

Men unga to‘rtta gol urganini aytdim, lekin u ko‘proq gol urishi mumkin edi. Men doimo ambisiyali bo‘lish va ko‘proq gol urish uchun harakat qilish kerakligini aytaman", - dedi Mareska.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati