• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Bolani parvarishida bo‘lish (dekret) davri ish stajini hisoblashda qanday aniqlanishini bilasizmi?

Bolani parvarishida bo‘lish (dekret) davri ish stajini hisoblashda qanday aniqlanishini bilasizmi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 10:37
Bolani parvarishida bo‘lish (dekret) davri ish stajini hisoblashda qanday aniqlanadi?

Ma’lumki, bola 3 yoshga to‘lgunga qadar, bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, biroq jami ko‘pi bilan 6 yil ish stajiga qo‘shilishi qonunchilikda belgilangan.

Bu nima degani?

Misol uchun, ayol kishining 30 yil mehnat staji davomida 3 nafar farzandi uchun ish stajining 8 yili mobaynida parvarishlash (dekret) ta’tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda fuqaroga pensiya tayinlash uchun ish staji hisoblashda jami 28 yil ish staji hisoblanadi.

Ya’ni, 30 yil - 8 yil + 6 yil = 28 yil.

Eslatma: Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri (shu jumladan, puli to‘lanadigan ta’tilda bo‘lish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qo‘shilmaydi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati