Moldovada prezidentlikka da’vogarlar 11 nafar
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-09-2024, 09:58
Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Da’vogarlar orasida amaldagi yetakchi Mayya Sandu, Gagauziya avtonom hududiy birligi sobiq rahbari Irina Vlax, jurnalist Natalya Moral, sobiq prokuror Viktoriya Furtune, shuningdek 2019-2021 yillar bosh prokuror bo‘lgan Aleksandr Stoyanoglo, sobiq mer Renato Usatiy, sobiq Bosh vazirlar Vasiliy Tarlov, Ion Kiku va boshqalar bor.
Ayni payt saylov oldi tashviqoti davom etmoqda. Agar hech bir nomzod birinchi turda 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmasa, ikkinchi bosqich o‘tkaziladi.
Darvoqe, o‘sha kuni prezidentlik saylovi bilan bir vaqtda Moldovaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi ham ma’lum qilingan.