Indzagi: Ko‘proq gol urishimiz kerak edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 09:54
"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi "Udineze"ga qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.A Seriyaning 6-turida “neradzurrilar” 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘tgan turda “Inter” derbida “Milan”ga imkoniyatni boy bergandi (1:2).

“Biz uchta gol urdik, ammo yaratgan imkoniyatlarimizni hisobga olsak, ko‘proq gol urishimiz kerak edi. "Udineze" ikki marta jarima maydonchasiga kirib, ikki marta gol urdi.

Bugun ertalab futbolchilarimning ko‘ziga qaradim va bunday o‘yin ko‘rishimizga shubham yo‘q edi. Mag‘lubiyatdan keyingi hafta ["Milan"dan] qiyin kechdi, ammo muxlislar har doimgidek kuchli qo‘llab-quvvatlash bilan o‘z rolini o‘ynashdi.

Biz bu mavsum A Seriya qanchalik qiyin ekanligini, har bir o‘yin qiyin ekanligini ko‘rdik. Shunday ekan, hujumlarimizda ko‘proq faol bo‘lishimiz kerak", - dedi Indzagi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati