• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi

O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 09:50
“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-104-son, 23.07.2024 y.) ga ko‘ra 1 oktyabrdan zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun lisenziya olish talabi bekor qilinadi.

Bundan tashqari farmonga muvofiq:

–2024–2026 yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlari tashkil etiladi;

–zargarlik markazlarida tadbirkorlik sub’ektlari uchun zarur infratuzilma yaratiladi;

–2025 yil yakunigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari 1 milliard AQSh dollariga va eksport ko‘rsatkichi 100 million AQSh dollariga yetkaziladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati