Jizzaxlik murabbiylar bilan viloyat dzyudosi istiqbollari muhokama qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 09:50
O‘zbekiston dzyudo federasiyasining maxsus ishchi guruhi Jizzaxda bo‘lib, viloyat dzyudosi bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Federasiya raisi yordamchisi Alisher Arziqulov, federasiyaning hududlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Yo‘ldoshev, federasiyaning Jizzax viloyati bo‘limi ijrochi direktori Abbos Toxmanov ishtirokida viloyat murabbiylari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar va ularning yechimi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, trenerlarga dzyudochilar bilan zamonaviy metodlar asosida ishlash, kyuni o‘rgatish, viloyat terma jamosini kuchaytirish, noyabr oyida o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozimligi aytildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Jizzax viloyatida dzyudo bilan shug‘ullanayotganlar soni 1000 nafardan oshgan. Ularga Nargiza Azimova, Nigora Hidirova, Saodat Haydarova, Marhabo Kironboyeva, Iroda Abdurahmonova, Mahkamboy Tojiyev, Islom Jumanov, Jahongir Ashurov, Jasur Nizomov singari maxsus sertifikatga ega murabbiylar dzyudo sir-asrorlarini o‘rgatib kelishmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati