• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Mavsumiy kasallik: Allergik rinitni davolash va uning oldini olish uchun nimalarga amal qilish kerak?

Mavsumiy kasallik: Allergik rinitni davolash va uning oldini olish uchun nimalarga amal qilish kerak?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 09:47
Kuz fasli kirib kelishi bilan ko‘pchilikda turli surunkali kasalliklar qo‘zg‘aladi. Shulardan biri — allergik rinit. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining taxminan uchdan bir qismi ushbu xastalikka chalingan.

Mazkur kasallik nima sababdan kelib chiqadi? Uni davolash uchun nimalar qilish kerak?

Bu savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligining otolaringologiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Ulug‘bek Ergashev javob berdi.

— Allergik rinit burun shilliq qavatining yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, immunitetning turli allergenlarga qarshi o‘ta kuchli javob reaksiyasi natijasida yuzaga keladi, — deydi mutaxassis. — Bunda tez-tez aksirish, burin oqishi, bitishi, ko‘zlar qizarishi va qichishi kabi belgilar kuzatiladi. Allergik rinitning kelib chiqishida irsiy moyillik asosiy omillardan hisoblanadi.

Bu xastalik mavsumiy — bahor va kuz fasllarida avj olishi yoki surunkali, ya’ni yil davomida kuzatilishi mumkin. Ko‘pincha allergik rinit kon’yunktivit, bronxial astma, atopik dermatit kabi boshqa allergik kasalliklar bilan birga kechadi.

Allergik rinitni vazomotor rinit, O‘RVI va anatomik nuqsonlar tufayli kelib chiqqan patologiyalardan farqlash uchun shifokor bemorning kasallik tarixini chuqur o‘rganib, qator tekshiruvlardan o‘tishni tayinlaydi.
Jumladan, agar xastalik alomatlari ma’lum o‘simliklarning gullash davriga mos kelsa, bu mavsumiy allergik rinitga ishora qiladi. Bunday holat o‘simliklarning gullash davri bilan bog‘liq bo‘lmasa, alomatlar doimiy tus olsa va allergenni aniqlash qiyinchilik tug‘dirsa, bu surunkali rinitdan dalolat beradi.
Shuningdek, burun shilliq pardasi holatini o‘rganish uchun otolaringolog tomonidan rinoskopik tekshiruv o‘tkazilishi zarur. Aniq tashxis qo‘yish uchun qonning umumiy tahlili, bemor terisi va burun shilliq qavatidan namuna olinadi.
Aksariyat hollarda yengil shakldagi allergik rinit antigistamin preparatlar yordamida davolanadi. Xastalik og‘ir shaklda kechsa, kompleks terapiya belgilanadi.
Agar dori vositalariga qarshi ko‘rsatmalar yoki ular samarasiz bo‘lsa, bemorga desensibilizasiya, ya’ni allergen ekstrakti dozasini bosqichma-bosqich oshirib teri ostiga yuborish buyurilishi mumkin. Bu amaliyotni bronxial astma va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda bajarish mumkin emas.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati