Bellingem: Vinini bunday ko‘rish og‘ir
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-09-2024, 09:35
“Real” yarim himoyachisi braziliyalik futbolchining mart oyida terma jamoa o‘yinlari uchun tanaffus vaqtida ko‘z yoshlarini tiymay aytgan gapiga izoh berdi. O‘shanda Vinisius shunday gaplarni aytgan edi:
"Men hamma teng bo‘lishini, hamma normal hayot kechirishini istayman. Muhammad Ali bunga o‘rnak edi va men braziliyaliklar nomidan gapirish uchun shu yerdaman".
Bellingem o‘z sherigining gaplariga munosabat bildirdi: "Vinini bunday ko‘rish og‘ir.
Men bilgan Vini har doim tabassum qiladi, shuning uchun bu menga og‘ir botdi. U hatto o‘yinni tashlab, futboldan ketish haqida gapirdi.
Biz uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak", dedi Jud Bellingem.