Saloh Agueroga yetib oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 08:59
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh APLning barcha davrlardagi eng muvaffaqiyatli futbolchilari beshligiga yaqinlashdi.

Misrlik futbolchi shanba kuni "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda (2:1) penaltidan g‘alaba golini kiritdi. Opta xabariga ko‘ra, Saloh 231 ta golda qatnashgan holda "Manchester Siti" afsonasi Serxio Aguero bilan tenglashmoqda. Reytingda faqat Frenk Lempard (237), Tyerri Anri (249), Xarri Keyn (259), Rayan Giggz (271) va Ueyn Runi (276) undan yuqoriroqda joylashgan.

Muhammad Saloh "Liverpul"da 2017 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy Angliya chempionatida 32 yoshli forvard oltita o‘yinda to‘rtta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati