MLS. Messining goli «Inter Mayami»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (videosharh)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 07:17
MLS chempionati doirasida «Inter Mayami» o‘z maydonida «Sharlott»ni qabul qildi.Bahsning 57-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Karol Sviderski hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 11 daqiqa o‘tib «Inter Mayami» forvardi Lionel Messi muvozanatni tikladi. Mazkur durang natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi. Ushbu durangdan keyin «Inter Mayami» o‘z ochkolarini 65 taga yetkazib oldi. Jamoa Sharqiy konferensiyada yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Klub keyingi bahsni «Kolambus Kryu»ga qarshi o‘tkazadi.MLS chempionati, 34-turInter Mayami – Sharlott 1:1 (0:0, 1:1)Gollar: 0:1 – 57 Sviderski, 1:1 – 67 Messi.Inter Mayami – Kellender, Alba, Aviles (Kremaski, 90+3), Veygandt, Buskets, Brayt (Ruis, 90+3), Redondo (Kampana, 83), Gressel (Roxas, 60), Gomes (Frey, 90+3), Suares, Messi.Sharlott – Kaxlina, Rim, Malanda, Birn, Privett, Abada (Peterson, 83), Vestvud, Junior Urso (Diani, 83), Pep Byel (Calderón Vargas, 70), Broniko (Tavaresh, 83), Sviderski (Agyemang, 70).Ogohlantirishlar: Gomes (4), Veygandt (71), Brayt (73), Malanda (74), Aviles (82), Messi (90+13).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati