PSJ o‘z maydonida yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 14
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 04:34
Luis Enrike shogirdlari chempionatning 13 uy uchrashuvida 28 ochko to‘plashdi - bu atigi uchinchi natija. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam "Lill" (30 ochko) bo‘lib, u juma kungi o‘yinda "Lans"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi o‘rinda 29 ochko bilan “Marsel” bormoqda.
Yuqoridagi ma’lumotlarga qaramay, “PSJ” Fransiya chempionatining umumiy jadvalida katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda – poytaxt grandi 26 turdan keyin 59 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rinda "Brest" (47), bir o‘yin ko‘proq o‘tkazgan "Lill" esa 46 ochkoga ega.
Yakshanba kuni “PSJ” safarda “Marsel”ga qarshi bahs olib boradi.