PSJ o‘z maydonida yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 04:34
Parijliklar Liga 1 turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda, biroq o‘z uyida yaxshi natija ko‘rsatmayapti.

Luis Enrike shogirdlari chempionatning 13 uy uchrashuvida 28 ochko to‘plashdi - bu atigi uchinchi natija. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam "Lill" (30 ochko) bo‘lib, u juma kungi o‘yinda "Lans"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi o‘rinda 29 ochko bilan “Marsel” bormoqda.

Yuqoridagi ma’lumotlarga qaramay, “PSJ” Fransiya chempionatining umumiy jadvalida katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda – poytaxt grandi 26 turdan keyin 59 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rinda "Brest" (47), bir o‘yin ko‘proq o‘tkazgan "Lill" esa 46 ochkoga ega.

Yakshanba kuni “PSJ” safarda “Marsel”ga qarshi bahs olib boradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati