Flik o‘z xatosini tan oldi: Agar kimnidir ayblamoqchi bo‘lsangiz, meni ayblang

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 04:04
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Osasuna"ga qarshi o‘yinda (2:4) mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Kataloniyaliklar germaniyalik murabbiy qo‘l ostida La Ligadagi avvalgi ettita o‘yinning barchasida g‘alaba qozonishgan, biroq g‘alabali seriya shanba kuni yakuniga yetdi.

"Agar siz kimnidir ayblamoqchi bo‘lsangiz, meni ayblang. Men xatolar qildim. Men o‘yinchilarni ortiqcha charchatdim, shuning uchun ularga dam berish uchun tarkibni rotasiya qilishimiz kerak edi.

"Yang Boyz"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yini yaqinlashayotganidan juda xursandman. Biz [turnirdagi] birinchi g‘alabamizni qo‘lga kiritishimiz kerak, ammo bu oson bo‘lmaydi", - dedi Flik "Osasuna" bilan uchrashuvdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng matbuot anjumanida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati