Ilyos Zeytullayev: Durang biz uchun qoniqarli emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 03:41
Superligada 20-tur ortda qoldi. "Bunyodkor" jamoasi bu tur Toshkentda "Nasaf"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi taymdan so‘ng shogirdlarimga biz eng zo‘r 45 daqiqalikni o‘tkazganimizni aytdim. Ularga rahmat aytaman. Oxirigacha jang qilishdi.

Jamoani nimaning evaziga uyg‘ota oldingiz?

Har bir bahs uchun alohida, jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. "Bunyodkor" doim oldiga katta ambisiyalar qo‘yadigan klub. Shunga loyiq bo‘lishga intilyapmiz.

Tanaffusda shogirdlaringizni qanday ruhlantirdingiz?

Durang biz uchun qoniqarli natija hisoblanmaydi. Yigitlar iroda ko‘rsata olishdi. Hozirgi holatimizni hamma ko‘rib, bilib turibdi. Tanaffusda maqsadimiz yo‘lida istalgan jamoa bilan o‘yinda ochko olish shartligini uqtirdim.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati