Ten Xag tanqidlarga qanday munosabatda bo‘lishini tushuntirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 03:08
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘zi va jamoaga bo‘layotgan tanqidlarga munosabati haqida gapirdi.

"Tanqidni hurmat qilish muhim. Har bir insonning futbolga o‘z qarashi bo‘lishi mumkin. Murabbiy bo‘lib ishlaganingizda, bu bilan shug‘ullanishingiz kerak, lekin men barcha tanqidlarni ham tinglamayman.

Men hamma narsani o‘qimayman, chunki buning iloji yo‘q va meni bu narsalar qiziqtirmaydi. Ba’zida biror narsani o‘rganishga harakat qilaman, foydali maslahatlar bor. Lekin men uchun asosiysi xotirjamlikni saqlash va jamoa rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini, qayerda yaxshilanishimiz mumkinligini ko‘rish", - deya Ten Xagning so‘zlarini keltiradi The United Stand.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati