Palmer o‘tgan mavsum boshidan beri Premyer-ligada gol urish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-09-2024, 02:55
Uchrashuv 4:2 hisobida yakunlandi va "ko‘klar" hujumchisi o‘z jamoasining to‘rtta golini ham kiritdi. Squawka ta’kidlaganidek, Palmer o‘tgan mavsum boshidan beri Premyer-ligada eng ko‘p gol urgan va assistentlik qilgan futbolchilar ro‘yxatini boshqarib turibdi - 43 ta. 22 yoshli angliyalik futbolchi "Manchester Siti" vakili Erling Xolanddan (42) o‘zib ketdi. "Liverpul"dan Muhammad Saloh va "Aston Villa"dan Olli Uotkins 36 tadan to‘plagan holda uchinchi o‘rinni bo‘lishdi.
Premyer-liganing joriy mavsumida Koul Palmer oltita o‘yinda oltita gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.