Inter Atletiko himoyachisiga da’vogar emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 04:26
Madridning “Atletiko” klubi markaziy himoyachisi Mario Ermoso “Inter”ga o‘tmaydi.

Ispaniyalik futbolchining mavsum yakunida, amaldagi shartnomasi yakuniga yetgach, "matraschilar" safini tark etish ehtimoli yuqori. Ermozoga da’vogarlar orasida "Inter" ham bor edi, ammo jurnalist Paskal Guarroning so‘zlariga ko‘ra, "neradzurrilar" 28 yoshli futbolchini sotib olishni rejalashtirmayapti. Milan klubi markaziy himoyachiga har qanday qiziqish haqidagi ma’lumotni inkor etmoqda.

Mario Ermoso joriy mavsumda “Atletiko” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati