Chegara postida yo‘lovchining sumkasidan 3 metrlik ilon chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-09-2024, 01:41
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan piyodaga tegishli qo‘l sumkasi nazorat-rentgen uskunasi orqali ko‘zdan kechirilganida, uning ichida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ma’lum qilinmagan 1 bosh ilon borligi aniqlandi.

3 metr uzunlikdagi mazkur ilon dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma iloni bo‘lib, asosan Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyoda yashaydi.



Halqaro Qizil kitobga kiritilganligi sababli mazkur jonivorni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda xalqaro CITIES ruxsatnomasi talab etiladi. Ammo, yuqoridagi holatda yo‘lovchi bu kabi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmadi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ilon esa Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan bo‘lib, mutaxassislar uning holatini barqaror deb baholashmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati