Gvardiola Raysni Sitida ko‘rishni istagan
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 04:14
“Biz shartnoma imzolashni istagan ko‘plab futbolchilar bor, lekin ular bizga qo‘shilishga qaror qilishmadi. Rays biz olishni istagan futbolchilardan biri edi, lekin bu amalga oshmadi. Bizda uzoq ro‘yxat bor. U shunday qarorga keldi va men unga faqat omad tilayman. Premyer-liganing istalgan jamoasi Deklan Rays bilan shartnoma imzolashni xohlaydi. U Angliya terma jamoasi sardori va ko‘p o‘yin o‘tkazgan yosh futbolchi", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Goal.
Rays "Arsenal"da 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Bungacha u "Vest Xem"da o‘ynagan. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.