Abbos Fayzullayev: 3-goldan so‘ng biroz bo‘lsada xotirjamlikga berildik
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-09-2024, 23:52
- Bosh kiyimi (do‘ppi) ngizni muxlislar sovg‘a qilishdimi? - Bu O‘zbekistonni an’anaviy milliy bosh kiyimi hisoblandi va menga muxlislar tomonidan tuhfa qilinganidan juda xursandman.
- SSKAning 3-golida Siz qatnashganmidingiz yoki haqiqatda ham Darko Todorovich o‘z darvozasiga urdimi? - U yerda men to‘pga teginmadim, avtogol bo‘ldi. Muhimi gol qayd etildi va jamoamizga 3 ochko olib keldi. - 1-gol haqida to‘xtalib o‘tsangiz, qanday qilib shu holda kutilmagan zarba berish g‘oyasi paydo bo‘ldi?
- Avvaliga aldamoqchi bo‘ldim va ko‘rdimki men bilan raqib himoyachi o‘rtamizda qisqa masofa qolgandi. Shunda aslida ikki oyog‘i o‘rtasini mo‘ljalga olgandim. Albatta mavsumdagi ilk golimni urganimdan mamnunman.
- Umuman olganda o‘yindan olgan taasurotlaringiz. Chetdan olib qaraganda 3-goldan so‘ng ham xavfli vaziyatlar soni ko‘payishni o‘rniga, pasayish bo‘ldi? - Shunday. 3-goldan so‘ng xotirjamliga berilganimiz rost. Xayriyatki, ular bizni jazolashmadi va bir darvozamizning daxlsizligi saqlab qoldik. Muhimi 3 chok va g‘alaba, shunday emasmi?