Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov Bokudagi xalqaro turnirda 2-o‘rinni egalladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 23:42
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Budapeshtdagi Butunjahon shaxmat olimpiadasidan so‘ng dam olishga ulgurmasdan Ozarboyjondagi turnirda ishtirok etishga ulgurdi. Hamyurtimiz Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni egalladi.Xalqaro turnirda jami 8 nafar sportchi ishtirok etdi. Unda shaxmatchilar rapid va blis yo‘nalishlarida bahslarda ishtirok etishdi. Dastlabki ikki kunda shaxmatchilar rapid bo‘yicha o‘zaro bir martadan to‘qnash kelishdi. Nodirbek 7 o‘yinda 8 ochko to‘pladi (g‘alabaga 2 ochko, durangga 1 ochko berildi). Blis bahslarida esa hamyurtimiz 14 o‘yinda 10 ochko to‘pladi (g‘alabaga 1 ochko, durangga 0,5 ball berildi). Abdusattorov jami 18 ochko to‘pladi va 2-o‘rinni egalladi. Rossiyalik Yan Nepomnyashchiy 19 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 1. Yan Nepomnyashchiy (Rossiya) — 19 ochko 2. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 18 ochko3. Shahriyor Mamedyarov (Ozarboyjon) — 16 ochko4. Vladislav Artemiyev (Rossiya) — 14,5 ochko5. Aydin Suleymanli (Ozarboyjon) — 13,5 ochko6. Aravindh Chitambaram (Hindiston) — 13 ochko7. Rauf Mamadov (Ozarboyjon) — 9 ochko8. Richard Rapport (Vengriya)  — 9 ochko.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati