O‘zbekiston Gruziya portida omborlar qurish uchun 18 mln dollar sarmoya kiritadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 23:38
O‘zbekiston Gruziyaning Poti shahridagi erkin sanoat zonasida (SIZ) ombor terminali qurilishiga 50 million lari (18,3 million dollar) sarmoya kiritadi. Bu haqda "Smart press" nashri xabar berdi.

"Yangi ombor terminalidagi yuklar O‘zbekistondan olib kelinadi va Yevropaga eksport qilinadi. Shuningdek, yuklar qarama-qarshi yo‘nalishda ham tashiladi, ya’ni Potidan Yevropa tovarlari O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga ham yetkaziladi", deydi xabarda SIZ direktori David Ebralidze.

Tadbirkorlik sxemasiga o‘zbek paxta xomashyosi, ipak va O‘zbekiston yengil sanoati tayyor mahsulotlarini import qilish, ularni AQSH, Kanada va Yaponiyaga eksport qilish kiradi.

Xabarda, bosh sxema, loyiha hujjatlari, shuningdek, muhandislik-geologik tadqiqotlar tayyorgarlik bosqichida ekani ma’lum qilingan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati