«Hizbulloh» rahbarining bunkeriga 85 ta bir tonnalik bombalardan tashlangan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 23:34
Isroil «Hizbulloh» harakatining rahbari Hasan Nasrullohni o‘ldirish uchun Bayrutga har biri bir tonnalik 85 ta bomba tashlagan. Bu haqda TASS SAXAL radiosiga asoslanib xabar berdi.

Radio xabariga ko‘ra, «Hizbulloh» harbiy-siyosiy rahbariyatidan birgina chegaraoldi kuchlari qo‘mondoni Abu Ali Rid tirik qolgan.

27 sentyabr kuni Isroil armiyasi (SAXAL) matbuot kotibi Daniel Xagari bayonot berib, Livan poytaxtidagi «Hizbulloh» harakati bosh shtabiga aviazarbalar berilganini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, ob’ekt Dahiya tumanidagi turar joylarning ostida joylashgan bo‘lgan. Livan sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, Isroil hujumi oqibatida Bayrutda 76 kishi jarohat olgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati