Roppa-rosa 1 hafta qoldi yoxud O‘zbekiston Kubogi finallari haqida

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 22:19
O‘zbekiston Kubogi finali bahsiga bir hafta vaqt qoldi. Shu bois siz muxlislar uchun Kubok finallari tarixi haqida ma’lumotlarni taqdim qilamiz. O‘zbekiston Kubogi 1992 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Eng ko‘p g‘olib chiqqan klub «Paxtakor» bo‘lib, uning hisobida 13 ta Kubok mavjud. Undan keyin «Bunyodkor» va «Nasaf» jamoalari bo‘lib, ikkalasida 4 tadan qo‘lga kiritilgan Kubok bor. «Navbahor» hamda «Lokomotiv» esa 3 martadan Kubokni yutishgan. Farg‘onaning «Neftchi»sida 2 ta yutilgan Kubok bo‘lsa, OKMK hamda sobiq «Do‘stlik» jamoalari 1 tadan Kubokni yutib tarixga kirishgan. Finallarda eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan klublar uchta bo‘lib, bular – «Bunyodkor», «Nasaf» va «Neftchi» jamoalaridir. Boisi, ular 5 marotaba mag‘lubiyatga uchraganlar. 13 marta g‘olib chiqqan «Paxtakor» esa Kubok finallarining 4 tasida yutqazgan. OKMKda 3 ta mag‘lubiyat bor. «Navbahor» 2 marta imkoniyatni boy bergan. Shuningdek, «Temiryo‘lchi», «Yangiyer», «Sho‘rtan», MHSK, «Dinamo», «Traktor» va «Mash’al» klublari Kubok finaliga chiqishgan va mag‘lub bo‘lishgan. Finallarda yutqazmagan klublar 2 ta – «Lokomotiv» va «Do‘stlik». «Loko» uch marta finalga chiqqan va barchasida g‘olib bo‘lgan. «Do‘stlik» esa bir bor hal qiluvchi o‘yinda o‘ynab, o‘z maqsadiga erishgan.Umuman olganda, O‘zbekiston Kubogi finalida 15 ta jamoa ishtirok etgan, «Andijon» esa ularning 16-si bo‘lib tarixga kiradi. O‘tgan yili Kubok finali Qarshidagi «Markaziy» stadionda bo‘lib o‘tgan va unda «Nasaf» OKMKni 1:0 hisobida yutgan. Bu yil hal qiluvchi bellashuvda maydonga tushadigan «Navbahor» va «Andijon» o‘rtasidagi bahs Kubok finallarining 32-o‘yiniga aylanadi.O‘zbekiston Kubogining barcha final o‘yinlari:1992 yil  «Navbahor» – «Temiryo‘lchi» – 0:0 (pen.b: 6:5)1993 yil  «Paxtakor» – «Navbahor» – 3:01994 yil  «Neftchi» – «Yangiyer» – 2:01995 yil  «Navbahor» – MHSK – 1:01996 yil  «Neftchi» – «Paxtakor» – 0:0 (pen.b: 5:4)1997 yil  «Paxtakor» – «Neftchi» – 3:2 (qo‘sh.v)1998 yil  «Navbahor» – «Neftchi» – 2:01999/2000 yil  «Dostlik» – «Paxtakor» – 4:12000/2001 yil  «Paxtakor» – «Neftchi» – 2:12001/2002 yil  «Paxtakor» – «Neftchi» – 6:3 (qo‘sh.v)2002/2003 yil  «Paxtakor» – «Nasaf» – 3:12004 yil  «Paxtakor» – «Traktor» – 3:22005 yil  «Paxtakor» – «Neftchi» – 1:02006 yil  «Paxtakor» – «Mash’al» – 2:02007 yil  «Paxtakor» – «Quruvchi» – 0:0 (pen.b: 7:6)2008 yil  «Bunyodkor» – «Paxtakor» – 3:1 (qo‘sh.v)2009 yil  «Paxtakor» – «Bunyodkor» – 1:02010 yil  «Bunyodkor» – «Sho‘rtan» – 1:02011 yil  «Paxtakor» – «Nasaf» – 3:12012 yil  «Bunyodkor» – «Nasaf» – 3:02013 yil  «Bunyodkor» – «Nasaf» – 2:12014 yil  «Lokomotiv» – «Bunyodkor» – 1:0 (qo‘sh.v)2015 yil  «Nasaf» – «Bunyodkor» – 2:12016 yil  «Lokomotiv» – «Nasaf» – 1:02017 yil  «Lokomotiv» – «Bunyodkor» – 1:02018 yil  OKMK – «Paxtakor» – 3:12019 yil  «Paxtakor» – OKMK – 3:02020 yil  «Paxtakor» – OKMK – 3:02021 yil  «Nasaf» – «Paxtakor» – 2:12022 yil  «Nasaf» – «Navbahor» – 2:1 (qo‘sh.v)2023 yil  «Nasaf» – OKMK – 1:02024 yil  «Navbahor» – «Andijon»...












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati