Armaniston va Falastin diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 21:54

Armaniston va Falastin o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi kommyunike imzolandi, deya xabar bermoqda Armaniston TIV matbuot xizmati. Hujjat 27 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan va Falastin bosh vaziri Muhammad Mustafo o‘rtasidagi uchrashuvda imzolangan.

Uchrashuvda tomonlar mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashib, gumanitar muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik muhimligini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil iyun oyida Armaniston Falastin davlatini rasman tan olgan edi. Shundan so‘ng Armaniston TIV G‘azo sektoridagi halokatli gumanitar vaziyat va davom etayotgan harbiy mojaro xalqaro e’tiborni talab qilishini ta’kidladi.

Armaniston uzoq vaqt davomida Janubiy Kavkazda Falastin davlatini tan olmaydigan yagona davlat bo‘lib qoldi, qo‘shni Gruziya va Ozarbayjon esa 1992 yilda Falastinni tan oldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati