APL. 6 tadan gol urilgan o‘yinda “Arsenal” “Lester”ni, “CHelsi” “Brayton”ni mag‘lub etdi, Palmerdan poker

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 21:22
Angliya Premyer Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 28 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.“Arsenal” o‘zida “Lester”ni qabul qildi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Gabriel Martinelli hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida Trossard hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.Ikkinchi bo‘lim boshida esa “tulkilar” futbolchisi Jastin hisobni qisqartirdi. 63-daqiqada Jastin dublni rasmiylashtirdi. 90+4-daqiqada esa Trossard londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+9-daqiqada esa Havers ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.Shu tariqa “Arsenal” 4:2 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.Yana bir o‘yinda esa “Chelsi” “Brayton” ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi. “Aristokratlar” tarkibida Koul Palmer poker qayd etgan bo‘lsa, “Brayton” safida Ryutter va Baleba gol muallifiga aylandi.APL, 6-tur28 sentyabr, shanba“Arsenal” — “Lester” 4:2Gollar: 1:0 – 20 Martinelli, 2:0 – 45+1 Trossard, 2:1 – 47 Jastin, 2:2 – 63 Jastin, 3:2 – 90+4 Ndidi (avtogol), 4:2 – 90+9 Havers.“Arsenal”: Rayya, Kalafori, Gabriel, Saliba, Timber, Martinelli (Sterling, 74), Rays, Parti (Nvaneri, 85), Saka, Havers, Trossard (Gabriel Jezus, 90+8).“Lester”: Xermansen, Kristiansen, Okoli (Fatau, 90+8), Fas, Jastin, Uinks, Skipp (El-Xannus, 90+1), Ndidi (Eduar, 90+8), Buonanotte (Ayyu, 85), Mavididi (Dekordova-Rid, 90+1), Vardi.Ogohlantirishlar: Vardi (21), Kuper (21), Ndidi (31), Saliba (46), Kalafori (49), Skipp (50), Buonanotte (70).“Chelsi” — “Brayton” 4:2Gollar: 0:1 – 7 Ryutter, 1:1 – 21 Palmer, 2:1 – 28 Palmer (penalti), 3:1 – 31 Palmer, 3:2 – 34 Baleba, 4:2 – 41 Palmer.“Chelsi”: Sanches, Kukurelya (Veyga, 70), Koluill, Fofana, Gyusto, Fernandes (Laviya, 79), Kaysedo, Palmer, Sancho (Mudrik, 71), Madueke (Netu, 63), Jekson (Nkunku, 79).“Brayton”: Verbryuggen, Estupinyan, Dank, Uebster (Igor Julio, 57), Kadioglu (Ensiso, 71), Baleba, Viffer (Ayyari, 57), Xinshelvud, Mitoma, Uelbek (Fergyuson, 81), Ryutter (Minte, 71).Ogohlantirishlar: Dank (27), Estupinyan (29), Fernandes (29), Kukurelya (33), Fofana (78).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati