Hech kim Netanyaxuni to‘xtata olmayotganga o‘xshaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 19:10
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 358 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafahdagi turar-joy binolari va Nuseyrat lageriga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41534 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Tun bo‘yi ishg‘olchilar Livanga misli ko‘rilmagan hujumlar uyushtirdi. Faqatgina tongning o‘zida Bayrut chekkasiga 30 ta hujum uyushtirildi. O‘nlab binolar vayron bo‘ldi, shahidlar soni noma’lum.

▪️Nasistlarning Livanning aholi zich joylashgan Dahiya tumaniga bergan zarbalari butun boshli mavzeni yer yuzidan yo‘q qildi.

▪️Bosqinchilar va Amerika matbuotiga ko‘ra, Hizbulloh bosh kotibi Hasan Nasrulloh Bayrutga qilingan hujumda halok bo‘lgan. Eronning Tasnim agentligi bosh kotib bilan hammasi yaxshi ekanini xabar qildi.

▪️Hizbulloh Hayfa, Safad, Nosira, Jalila va Akrga yirik raketa zarbalarini berdi. Ko‘chmanchilar orasida yaradorlar bor.
▪️Evropa Ittifoqi rahbari: Biz faqat AQShga tayana olmaymiz. Hech kim Netanyaxuni to‘xtata olmayotganga o‘xshaydi.
▪️Harbiy ekspert Fayaz Duayri: «Hizbulloh»ning Bayrutdagi shtab-kvartirasiga qilingan hujumlar partiya ichida halokatli xavfsizlik bo‘shlig‘i mavjudligini tasdiqlaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati