APL. “Manchester Siti” safarda “Nyukasl” bilan durang o‘ynadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 18:57
Angliya Premyer Ligasining 6-turi doirasida “Manchester Siti” va “Nyukasl” jamoalari 28 sentyabr, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.Uchrashuvning 35-daqiqasida Yoshko Gvardiol hisobni ochdi. Bo‘lim “shaharliklar”ning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.Ikkinchi bo‘limda esa “Nyukasl” penalti ishlab oldi. 58-daqiqada Gordon 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirdi.Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.APL, 6-tur28 sentyabr, shanba“Nyukasl” — “Manchester Siti” 1:1Gollar: 0:1 – 35 Gvardiol, 1:1 – 58 Gordon (penalti).“Nyukasl”: Poup, Xoll, Bern, Sher, Trippyer (Livramento, 78), Bruno Gimaraes, Tonali (Longstaff, 77), Joelinton, Barns (Uillok, 76), Merfi, Gordon.“Manchester Siti”: Ederson, Gvardiol, Akanji, Ruben Diash, Uoker, Lyuis (Savio, 81), Kovachich, Grilish (Doku, 81), Gundogan (Foden, 66), Bernardu Silva, Holand.Ogohlantirishlar: Sher (26), Bruno Gimaraes (32), Ederson (56), Kovachich (60), Tonali (62), Grilish (62), Joelinton (63), Ruben Diash (90).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati