Xomanaiy ogohlantirdi: Livan Isroilni pushaymon qiladi...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 18:35
Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning Livanga bergan zarbalarini qoraladi, biroq Livandagi Hizbulloh tashkiloti rahbari Hasan Nasrullohni tilga olmadi.

AFP xabariga ko‘ra, Ali Xomanaiy shanba kuni so‘zlagan nutqida Isroilning harakatlarini ahmoqlik deb atadi. U Isroilning Livanga havo hujumlarini qoraladi, biroq Isroilning Hasan Nasrullohning o‘limi haqidagi bayonotlariga izoh bermadi.

Shu bilan birga, Tasnim agentligining xabar berishicha, Eron oliy rahbari Livan Isroilni Yaqin Sharq mintaqasidagi qilmishlaridan pushaymon qilishini aytgan.

«Bugun Livan ham Xudoning yordami bilan yovuz va surbet dushmanni bostirib kirganiga afsuslanishga majbur qiladi», dedi Xomanaiy.

«Sionistik tuzilma Hizbulloh infratuzilmasiga jiddiy zarba berish uchun juda kichik. Mintaqadagi barcha qarshilik kuchlari Hizbullohni qo‘llab-quvvatlaydi. Hizbulloh boshchiligidagi qarshilik kuchlari mintaqa taqdirini hal qiladi”, - dedi Xomanaiy.

Shuningdek, u barcha musulmonlar Livan va Hizbullohni »tajovuzkor rejim bilan qarama-qarshilikda" qo‘llab-quvvatlash uchun birlashishi kerakligini ta’kidladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati