Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining sardori o‘zgardi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 15:18
O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari va bokschilar ishtirokida yig‘ilish 27 sentyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoaning ishtiroki va Parij Olimpiada sikli sarhisob qilindi va murabbiylarning hisobotlari tinglandi. Ayollar terma jamoamizni kuchaytirish va keyingi musobaqalarga puxta tayyorlash to‘g‘risida ham so‘z bordi.Yaqinlashib kelayotgan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatini tartibli o‘tkazish va qit’a birinchiligida bokschilarimiz umumjamoa hisobida yuqori natijalar qayd etishi kerakligi ham yig‘ilish mavzusidan joy oldi.Yig‘ilish davomida, havaskor boksdagi faoliyatini yakunlagan terma jamoa sardori ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolovning o‘rniga, jamoa sardorligi yana bir ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘stmatovga topshirildi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati