Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva BAA Bosh vaziri bilan uchrashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 15:17

Kecha, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay Amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida u o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyevaning yozishicha, muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.

S. Mirziyoyeva bu galgi uchrashuvdan kutilmalari katta ekanini ta’kidlab, Toshkentdagi yuqori darajali forum doirasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati