Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlari musodara qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 11:24
Ukraina Oliy aksilkorrupsiya sudi (VAKS) oligarx Alisher Usmonovning ikki milliard grivnadan (48,2 million dollar) ortiq mol-mulkini musodara qilish haqida hukm chiqardi. Bu xaqda Forbes nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 160 ming tonnadan ortiq temir rudasi, shuningdek, «Peter-Servis Ukraina» ustav kapitalining 100 foizi davlat daromadiga aylantirilgan. VAKS qarori hali kuchga kirmagan va shikoyat qilinishi mumkin.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Usmonov boyligi 13,4 milliard yevroga baholangan. U Rossiyadagi eng boy odamlardan biri.

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin unga qarshi Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar joriy etildi. Usmonov ushbu sanksiyalar olib tashlanishi uchun turli sudlarda kurashmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati