Ronaldu 1000 ta gollik marragan yana bir qadam yaqinlashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 10:15
Futbol bo‘yicha Saudiya Pro Ligasining 5-turida “An-Nasr” “Al-Vahda”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi.

Ar-Riyod klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 56-daqiqada penaltidan gol urdi.

Portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 903-goliga va klublar miqyosida 771-goliga mualliflik qildi.

Ronaldu “An-Nasr” safidagi 17-penaltisini ham aniq amalga oshirdi. Butun faoliyati davomida Krish 196 ta penalti tepgan va ularning 166 tasi darvozadan joy olgan.

Joriy mavsumda 39 yoshli forvard klub va terma jamoada 9 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta golga mualliflik qildi. Chempionatda esa gollari sonini 4 taga yetkazdi va to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘rinda bormoqda. Faqatgina Karim Benzema (“Al-Ittihod”, 5 ta gol) va Aleksandar Mitrovich (“Al-Hilol”, 8 ta gol) undan oldinda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati