Barselona yaxshi taklif tushsa, Arauxoni sotishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 09:03
"Barselona" kelayotgan qishda Ronald Arauxoni sotishga tayyor.

Diario Sport xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yaxshi takliflar olsa yoki o‘zlari mos variant topsa, himoyachini transfer imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Futbolchining o‘zi hozir bor e’tiborini yozda olgan jarohatidan forig‘ bo‘lishga qaratgan va u qaytganidan keyin mavjud variantlarni o‘rganishga tayyor bo‘ladi. Urugvaylik futbolchi jamoa moliyaviy feyr-pley holatini yaxshilashi kerakligini tushunadi. U sog‘lom futbolchi uchun maosh chegarasidan foydalanish uchun yangi mavsum qaydnomasiga kiritilmaganidan xafa bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Arauxo va "Barselona" "sovuq urush" holatida. Himoyachi shartnomani 2026 yilgacha yakunlab qo‘yishga tayyor.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati