Diallo: Maynu Manchester Yunayted tarixidagi eng yaxshilaridan biri bo‘ladi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-09-2024, 08:47
19 yoshli yarim himoyachi Erik ten Xag jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Joriy mavsumda ingliz futbolchisi "qizil iblislar"ning Premyer-ligadagi barcha beshta o‘yinida maydonga tushdi.
"Kobbi haqida gapirish allaqachon buyuk afsona haqida gapirishga o‘xshaydi. U o‘z yoshiga nisbatan juda yaxshi, ajoyib futbolchi va ajoyib inson. O‘ylaymanki, u "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanadi", — dedi Diallo Sky Sports nashriga.