Xadson-Odoi: Umid qilamanki, Chelsi muxlislari meni xafa qilishmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 08:45
"Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Nottingem Forest"da o‘ynayotgan Kallum Xadson-Odoi "Stemford Brij"da iliq kutib olinishga umid qilmoqda.

"O‘rmonchilar" Angliya Premyer-ligasining 7-turi doirasida 6 oktyabr kuni "ko‘klar" bilan mehmonda o‘yin o‘tkazadi.

"Keyingi hafta "Stemford Brij"ga qaytish ajoyib bo‘ladi – "Chelsi"ni tark etganimdan beri u yerda bo‘lmaganman. Umid qilamanki, muxlislar meni xafa qilishmaydi. Qaniydi ular qarsak chalishsa yoki shunga o‘xshash narsa qilishsa.

Men "Chelsi"ni juda yaxshi ko‘raman, men shu klubda o‘sganman, lekin u yerga ham xuddi "Liverpul"ga qarshi o‘yindagidek munosabat bilan boramiz. Umid qilamanki, biz uch ochko olamiz", - deya Xadson-Odoining so‘zlarini keltiradi MailSport.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati