Rafinyaning Xavi bilan kelishmovchiligi sababi ma’lum bo‘ldi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-09-2024, 08:29
Braziliyalik futbolchi Kataloniya grandi safiga 2022 yilning yozida "Lids"dan ko‘chib o‘tgandi. "Barselona"dagi birinchi mavsum futbolchi uchun qiyin bo‘ldi: uni tez-tez tanqid qilishardi, bu uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, murabbiy bilan ham muammolar bor edi. Relevo xabariga ko‘ra, Rafinya va Xavi 2022/23 yilgi mavsumda tez-tez kelisha olmay qolishgan, ayniqsa futbolchining o‘yinlar davomida erta zaxiraga olinishi Rafinyaga yoqmagan.
Xavi Ernandes o‘tgan mavsum oxirida "Barselona"ni tark etdi. Ispaniyalikning o‘rnini Xans-Diter Flik egalladi.