Real yarim himoyachisi jarohatidan forig‘ bo‘ldi va Atletikoga qarshi o‘ynashga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 05:51
Madridning "Real" klubi futbolchisi Eduardo Kamavinga "Atletiko"ga qarshi muhim o‘yin oldidan safga qaytdi.

Fransiyalik futbolchi bu mavsumda hali maydonga tushmagan – "Atalanta"ga qarshi Yevropa Superkubogi o‘yinidan oldin tizzasidan jarohat olgandi. Marca xabariga ko‘ra, yarim himoyachi nihoyat tuzalib ketdi va "Atletiko" bilan Madrid derbisida ishtirok etishga tayyor. O‘yin yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan mavsumda Eduardo Kamavinga Karlo Anchelotti jamoasida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati